So‘mning real samarali almashuv kursi O‘zbekistonning asosiy savdo-hamkor davlatlari valyutalarining zaiflashishi va va yana bir necha faktorlar tufayli 2,9 foizga mustahkamlandi. Hamkorlar orasida turk lirasi 81 foizga qadrsizlandi, Xitoy yuani yagona mustahkamlangan valyuta bo‘ldi. Rossiya va Qozog‘iston valyutalari ham qadrsizlandi.
2020 yilning birinchi yarmida mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talab $8,2 mlrd, umumiy taklif hajmi esa $4,3 mlrdni tashkil etdi. Markaziy bank ichki valyuta bozoriga $2,2 mlrd intervensiya kiritdi. Shuningdek, yil boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga qadrsizlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting